Prezident qarori bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi

Bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha ko‘p ishlar qilinmoqda, bu borada alohida qonun ham qabul qilingan. 

“To‘g‘ri, bugungi kunda yoshlar ma’naviyati bilan hamma shug‘ullanayapti.
Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targ‘iboti, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha professional tashkilot yo‘q”,
 - dedi Prezident.

Shu munosabat bilan Prezident qarori bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi.

Markaz bolalar tarbiyasi va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qiladigan axborot makonidagi kontentni tahlil qiladi. Mahalliy ijodkorlarga milliy kontent yaratish bo‘yicha buyurtma beradi, sohada kadr tayyorlashni tashkil qiladi. Qori Niyoziy instituti markazga ilmiy jihatdan ko‘maklashadi.

Shu bilan birga, bu masalalar faqatgina bitta markazning ishi bo‘lib qolmasligi, mas’ul barcha vazirliklar markaz bilan ishlarni boshlashi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.