Qori Niyoziy instituti xodimlari so'nggi qo'ng'iroq tadbirlarida

🏛Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, akademik X.I.Ibraimov  institut jamoasi bilan 2025-yil 24-may kuni Chilonzor tumanidagi 200-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta taʼlim maktabida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etdi. 

🎊Tadbir boshida maktab bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigi o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng akademik X.Ibraimov bitiruvchi o‘quvchilarga katta hayotga qadam qo‘yganliklari  uchun ularga oq yo‘l tiladi va  kelajakda Yangi O‘zbekistonimizning  munosib avlodlari bo‘lishga chorladi.