
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti delegatsiyasi Turkiya davlatining tarbiya jarayonlarini tashkil etish, ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va mutaxassislarning milliy ta’lim sohasidagi ilg‘or pedagogik tajribalarini o‘rganmoqda.
🏛Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlaridan iborat delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-232-sonli qarori ijrosi yuzasidan joriy yilning 27-aprel – 4-may kunlari ta’lim muassasalarida tarbiya jarayonlarini tashkil etish, ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va mutaxassislarning milliy ta’lim sohasidagi ilg‘or pedagogik tajribalarini o‘rganish maqsadida Turkiyaning Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish xalqaro ilmiy markazi (IRCICA) da bo‘lib turib turibdi.
🔸 Delegatsiya mazkur ilmiy markaz ilmiy tadqiqot bo'limlari faoliyati bilan tanishib, xalqaro markazda tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar bilan ilmiy tadqiqot faoliyati natijadorligi yuzasidan suhbatlashdilar.
🔹Shuningdek, xalqaro markaz qoshidagi ilmiy kutubxonadagi nodir asarlar, ilmiy tadqiqot ishlari, ta'lim-tarbiyaga oid adabiyotlar bilan tanishishdi.