
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti jamoasi Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida
🏛Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik X.Ibraimov boshchiligidagi institut jamoasi 2025-yil 19-aprel kuni Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani 30-maktabga tashrif buyurishdi.
🔸 Suhbat davomida akademik soʻnggi yillarda mamlakatimizda taʼlim-tarbiya sohasida amalga oshirilgan islohotlar, oʻzining oʻqigan davri va hozirgi zamon imkoniyatlari, ayni paytda yoshlarning bilimga chanqoqligi va ularni toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirishda maktab-ota-ona-mahalla hamkorlikda ishlashi har doimgidan zarurligini alohida taʼkidlab oʻtdi.