
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlari "Yosh olimlar va tadqiqotchilar maktabi" davra suhbatida
🏛Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti ilmiy xodimlari va tayanch doktorantlari joriy yilning 1-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish ilmiy-metodik markazi tomonidan tashkil etilgan “Yosh olimlar va tadqiqotchilar maktabi” loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan davra suhbatida ishtirok etdi.
🔸Ushbu loyiha doirasida yosh olimlar uchun zarur boʻlgan ilmiy va amaliy materiallar, tadqiqotchilar uchun foydali manbalar, dolzarb mavzulardagi maqolalar, dissertatsiya avtoreferatlari, ilmiy risolalar va boshqa materiallar, ilmiy maqolalarning xalqaro maʼlumotlar baʼzalari, shuningdek, OAK jurnallari va ilmiy tadqiqotlar uchun zarur boʻlgan manbalarga muhim havolalar berish to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.