
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti professori R.Safarovaning maqolasi nufuzli xalqaro Scopus bazasida
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti professori, pedagogika fanlari doktori R.Safarovaning xalqaro ilmiy hamjamiyatda dolzarb bo‘lgan muammolarni o‘rganishga bag‘ishlangan navbatdagi maqolasi nufuzli Scopus xalqaro ilmiy bazasida indekslanadigan jurnal sahifalarida chop etildi.
Maqola “Integrating Ethical, Cultural, and Legal Dimensions into Higher Education: Advancing 21st-Century Competencies in Central Asia” (“Oliy ta’limga axloqiy, madaniy va huquqiy jihatlarni integratsiya qilish: Markaziy Osiyoda 21-asr kompetensiyalarini rivojlantirish”) deb nomlanib, bugungi kunda ta’lim tizimida 21-asr ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonida axloqiy, madaniy va huquqiy komponentlarni uyg‘unlashtirish muhimligini yoritadi.
Mazkur ilmiy ishda muallif Markaziy Osiyo mintaqasida oliy ta’limni modernizatsiya qilish, zamonaviy global chaqiriqlarga javoban, yoshlarning ijtimoiy mas’uliyat, madaniyatlararo muloqot, qonuniylik va fuqarolik ongini rivojlantirish kabi masalalarni chuqur tahlil qilgan. Shu bilan birga, maqolada xalqaro tajriba asosida samarali yondashuvlar va metodikalar ilgari surilgan.
Ushbu maqolaning Scopus bazasida e’lon qilinishi nafaqat muallifning ilmiy salohiyati va izlanishlarining dolzarbligini, balki institutimiz ilmiy faoliyatining xalqaro maydondagi e’tirofiga ham dalolat beradi.
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti jamoasi professor R.Safarovani ushbu muhim ilmiy yutuq bilan tabriklab, kelgusi tadqiqotlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.