QORI NIYOZIY NOMIDAGI TARBIYA PEDAGOGIKASI MILLIY INSTITUTI VA “DAVLAT AXBOROT TIZIMLARINI YARATISH VA QO‘LLAB-QUVATLASH BO‘YICHA YAGONA INTEGRATOR –UZINFOCOM” MCHJLAR O‘RTASIDA HAMKORLIK ISHLARI OLIB BORILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 232-sonli qarorining 7-bandining "g" qismida “milliytarbiya.uz” elektron platformasi va uning mobil versiyasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tomonidan qaror ijrosi amalga oshirish maqsadida Institutning “Milliy tarbiyaning raqamli pedagogik ta’minoti“ ilmiy-tadqiqot bo‘limi Yetakchi ilmiy hodimi O.Musurmonkulov, Katta ilmiy xodim A.Jumabaev va AKT bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Xolmurodovlar ishtirokida “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvatlash bo‘yicha yagona integrator –UZINFOCOM” MCH vakillari B.Sulaymonov va R.Jo‘raevlar bilan uchrashib, "Tarbiya va zamon" platformasining arxitekturasi, g‘oyaviy maqsadlari va ko‘zlangan natijalari yuzasidan muhokama olib borildi.

-  Uchrashuv davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

-  Sayt va platforma arxitekturasi hamda texnik talablari;

-  Platformadagi axborot tizimlarini takomillashtirish va ularni samarali qo‘llash imkoniyatlari;

-  Platformaning asosiy funksional imkoniyatlari va foydalanuvchilar uchun qulayliklar;

-  Platformaning mobil ilovasini ishlab chiqish.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 848-sonli qaroriga muvofiq, Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator sifatida "UZINFOCOM" MChJ maktabgacha va maktab ta’limi sohasida axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlarni yaratish, ekspertizadan o‘tkazish, amaliyotga joriy etish, ularni takomillashtirish hamda texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim operatori hisoblanadi. Ushbu jarayon doirasida "UZINFOCOM" ta’lim sohasiga oid loyihalarni Vazirlikning buyurtmalari asosida amalga oshiradi.

Mazkur uchrashuv natijasida, kelgusida platformani rivojlantirish va ta’lim tizimiga yanada samarali integratsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi. Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti va "UZINFOCOM" o‘rtasidagi hamkorlik ta’lim sohasidagi innovatsion yondashuvlarni joriy etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.