Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti xodimlari Shahrisabzda xalqaro forumda ishtirok etmoqda.

🔸Bugun 5-iyun kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Zamonaviy pedagogik ta’lim: xalqaro, milliy va mintaqaviy ko‘rinishlarda” nomli forum doirasida “O‘qituvchi-tarbiyachi: vazifa va muammolar” mavzusida xalqaro ilmiy anjumani boʻlib oʻtmoqda.

🔹Ushbu anjumanda 10 ga yaqin xorijiy davlatlardan 30 dan ziyod taniqli olimlar, shu jumladan, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti jamoasi ham ishtirok etmoqda.