Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti xodimlari Urganch shahrida joylashgan 22-sonli tarbiya tayanch maktabida

🏛Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti xodimlari pedagogika fanlari doktori, professor R.G.Safarova, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD - L.Qaraxanova Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan 22-sonli tarbiya tayanch maktabiga tashrif buyurishdi.

🔸 Tashrif davomida tarbiyaning dolzarb masalalari yuzasidan maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.

🔹 Shuningdek, o‘quvchilarning milliy tarbiyalanganlik darajasi, urf-odat va hududiy an'analardan xabardorligini aniqlash maqsadida so‘rovnoma olindi.