
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida Hindistonning Panjob viloyati Ludhiana shahridagi Partap College of Education direktori Dr.Balwant Singh va uning jamoasi bilan onlayn vebinar tashkil etildi.
🏛Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida Hindistonning Panjob viloyati Ludhiana shahridagi Partap College of Education direktori Dr.Balwant Singh va uning jamoasi bilan onlayn vebinar tashkil etildi.
🔹Uchrashuvda institut xodimlari, professor-oʻqituvchilari, tayanch doktorantlari ishtirok etishdi. Unda oʻzaro hamkorlik, ikki davlat oʻrtasidagi tarbiyaga oid tadqiqotlar, tajribalar, soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar, xususan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ijtimoiy-emotsional taʼlim (SEL) ni joriy etish borasida fikr almashildi.
🔸Institut direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik X.Ibraimov hamkorlikni uzoq va samarali davom ettirish va yaqin kelajakda tadqiqotchilar almashinuvi taklifini ilgari surdi. Shuningdek, ushbu jamoani institutda tashkil etiladigan xalqaro konferensiyalarga taklif qildi.
📝Uchrashuv soʻngida oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash maqsadida memorandum imzolashga kelishuvga erishildi.