
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutiga Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E.Karimova tashrif buyurdi.
🏛 Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutiga Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E.Karimova tashrif buyurdi.
🔸 Institut direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik X.Ibraimov tashrif davomida vazirga institutning ilmiy-tadqiqot faoliyati, ta’lim jarayoni va taʼlim tizimiga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish borasidagi ishlar bilan tanishtirdi.
🔹 Shuningdek, vazir institut professor-o‘qituvchilari, yosh olimlari va doktorantlari bilan uchrashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi.
🔸 Ta’lim sifatini oshirish, tarbiyaviy ishlarni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.