
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi jamoasi Qoraqalpog'istonda mahalla faollari bilan davra suhbatida
🏛Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik X.Ibraimov tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumani "Qumbыz aul" MFY da farzand tarbiyasi haqida davra suhbati oʻtkazildi.
🔹 Suhbat davomida umumiy oʻrta taʼlim maktablarida Ijtimoiy emotsional taʼlim (Social and Emotional Learning-SEL) metodikalarini joriy qilish boʻyicha ota-onalar va jamoatchilikning fikr va takliflari tinglandi.
🔸 Uchrashuv yakunida mahalla faollari hamda ota-onalar uchun akademik muallifligidagi "Ota-ona - murabbiy" kitobi topshirildi.