
"Oʻquvchi yoshlarni tarbiyalashda milliy-hududiy anʼanalardan foydalanish mexanizmlari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika konferensiyasi
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida 2025-yil 15-aprel kuni "Oʻquvchi yoshlarni tarbiyalashda milliy-hududiy anʼanalardan foydalanish mexanizmlari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda respublikaning turli hududlaridan yetakchi olimlar, amaliyotchi mutaxassislar, pedagoglar hamda doktorantlar ishtirok etishdi. Ilmiy ma’ruzalar orqali o‘quvchi-yoshlar tarbiyasiga oid dolzarb masalalar muhokama qilinib, milliy an’analarga tayanilgan samarali yechimlar taklif etildi.
✅Anjuman kunning ikkinchi yarmida sho‘ba yig‘ilishlari bilan davom etdi.
Sho‘balarda ishtirokchilar o‘z ilmiy tadqiqotlari natijalari bilan bo‘lishdi va amaliy tajribalar almashildi.
https://www.youtube.com/watch?v=hv7_itkF4YY