"Ta’lim jarayoni subyektlarida inklyuziv madaniyatni rivojlantirishga oid xalqaro tajribalar: muammolar va yechimlar" mavzusidagi xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtmoqda

Ayni damda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida "Ta’lim jarayoni subyektlarida inklyuziv madaniyatni rivojlantirishga oid xalqaro tajribalar: muammolar va yechimlar" mavzusidagi xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Konferensiyaning maqsadi: Ta’lim jarayonida inklyuziv madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro tajribalarni o‘rganish va muhokama qilish, ta’lim jarayoni subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va teng imkoniyatlarni ta’minlashga oid muammolarni aniqlash, inklyuziv madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan samarali yechimlarni ishlab chiqish va ularni amalda qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-sonli buyrugʻiga asosan 2025-yil 26-mart kuni Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.