
"UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA LABARATORIYA ISHLARI OLIB BORISH TARBIYASI VA USULI" MAVZUSIDA MA’RUZA QILINDI
Toshkent shahar pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida o‘qituvchi va makatab o‘quvchilariga Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institut v.b. professori, f.-m.f.n. Baxshillo Olimov tomonidan fizika fanidan "Umumta’lim maktablarida labaratoriya ishlari olib borish tarbiyasi va usuli" mavzusida ma’ruza qilindi va B. Olimov tomonidan amaliy labaratoriya ishlari olib borish tarbiyasi va usulini amaliy ko‘rgazmalar asosida ochiq dars tashkil etildi.
🔬Dars jarayonida umumta’lim maktablarida o‘tkazish mumkin bo‘lgan labaratoriya mashg‘ulotlarini eng avvalo qonun qoidalarini bo‘yicha usullari yuzasidan tarbiyaviy soat o‘tkazilib, unda Transformatsion ishlash prinsipini, fotoelementlarga yorug‘lik nuri tushishi natijasida tok hosil bo‘lish jarayonlarini, universal sxemalar yordamida elektr zanjirlarni yig‘ish va optika bo‘limiga oid bir qator labaratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.