"Yosh qutqaruvchi" koʻngillilar musobaqasining respublika bosqichi yakunlandi

✅ Kuni kecha Buxoro viloyatida umumtaʼlim maktablari hamda kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida "Yosh qutqaruvchi" koʻngillilar musobaqasining respublika bosqichi oʻtkazildi. Unda jamoalar 5 shart boʻyicha oʻzaro bellashishdi.

🔹 Yakuniy natijalarga koʻra, umumtaʼlim maktablari oʻrtasida:

➖ 1-oʻrin — Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 19-umumtaʼlim maktabi;
➖ 2-oʻrin — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Beruniy tumanidagi 54-umumtaʼlim maktabi;
➖ 3-oʻrin — Namangan viloyati, Chortoq tumani 54-umumtaʼlim maktabi jamoasiga nasib etdi.

👉 Musobaqa gʻolib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Shuningdek, gʻolib jamoalar Ozarbayjon Respublikasida oʻtkaziladigan xalqaro "Yosh qutqaruvchi" musobaqasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.