Respublika bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyati o‘rganildi

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tayanch doktorantlari  Nodirbek Murodov, Elnura Gabdulmanova, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi mas’ullari,  Yangiyo‘l, Oqqo’rg’on, Quyichirchiq tumanlari Xalq deputatlari, hamda Yoshlar parlamenti a’zolari bilan birgalikda Respublika bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur tashrif davomida ta’lim jarayonlari, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi. Shuningdek, musiqa va san’at maktablarining infratuzilmasini yaxshilash, ularning faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

San’at va ijod orqali milliy madaniyatimizni rivojlantirish yo‘lida muhim tashabbuslar muhokama etildi.