
Saida Mirziyoyeva: BIZ TA'LIM - FARAVONLIK POYDEVORI EKANIGA QAT'IY ISHONAMIZ.
O‘zbekiston ta’lim yo‘nalishida islohotlarini davom ettirmoqda. Xalqaro hamkorlik mustahkam yo‘lga qo‘yilgan. Bu borada yaqinda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoeva xalqaro hamkorlarimiz — UNICEF, UNESCO, UNDP, IHRT, Jahon banki va boshqa bir qator tashkilot vakillari bilan muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.
"Biz ta’lim — farovonlik poydevori ekaniga qat’iy ishonamiz va har bir bola uchun o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini ta’minlashga intilamiz", dedi uchrashuvda S.Mirziyoeva (https://t.me/SShMirziyoyeva/2644).
Shuningdek, muloqot davomida ta’lim masalasiga yangicha yondashuvlar — innovatsiyalar, zamonaviy metodikalar va jahon tajribasiga asoslangan yechimlar muhokama qilindi. Birgalikda yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatini yanada kengaytirish, ularga zarur sharoitlar yaratish muhimligi qayd etildi.