
Samarqandda Pedagogik mahorat markazi huzurida Maktabgacha ta’lim pedagoglari malakasini oshirish markazi ochildi.
Bugun Samarqandda Pedagogik mahorat markazi huzurida tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim pedagoglari malakasini oshirish markazining ochilish marosimida ishtirok etdim.
Ushbu markaz Vazirlik, Islom taraqqiyot banki va UNICEF hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.
Loyiha doirasida 11 ta shunday Markazlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu esa kelgusida maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi pedagog kadrlar hamda direktorlar uchun bevosita o‘z hududida malaka oshirish imkonini beradi.
Shu o‘rinda xalqaro hamkorlarimiz, ayni vaqtda mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ijrochi direktori Ketrin Rassel xonimga ham o‘z minnatdorligimni bildiraman.
@hilola_umarova