SEL metodikalari: Tajriba-sinov ishlari davom etmoqda

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti "Inklyuziv taʼlim-tarbiya metodikasi" ilmiy-tadqiqot boʻlimi mudiri K.A.Karimov, boʻlim katta ilmiy xodimlari A.O.Gulyamova, Sh.Namazov hamda "Xalqaro pedagogik tajribalar" ilmiy-tadqiqot boʻlimi katta ilmiy xodimi S.X.Sanakulovalar tomonidan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Ijtimoiy-emotsional taʼlim (Social and emotional learning - SEL) metodikalarini bosqichma-bosqich joriy qilish maqsadida 2025-yil 13-mart kuni Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani 223-sonli ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabida tajriba-sinovning dastlabki bosqichi oʻtkazildi.