SEL metodikalari: Tajriba-sinov ishlari davom etmoqda.

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tayanch doktoranti F.M.Fayzullayev tomonidan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Ijtimoiy-emotsional taʼlim (Social and emotional learning - SEL) metodikalarini bosqichma-bosqich joriy qilish maqsadida 2025-yil 17-mart kuni Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumani MMTB tasarrufidagi 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabida tajriba-sinovning dastlabki bosqichi oʻtkazildi.