
Sen baribir muqaddassan - muqaddas ayol
bayram_shukuhi
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Sen baribir muqaddasan – muqaddas ayol” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni institut direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik X.I.Ibraimov ochib berdi.
Tadbir davomida ta’lim sohasidagi ko‘p yillik tajribasi, samarali mehnati, yoshlar ma’naviyati, bilimi va ilmiy salohiyatini oshirishdagi qo‘shgan munosib hissasi uchun institut jamoasi tomonidan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarga estalik sovg'alari topshirildi.