Sharof Rashidov tumanida Ilk rivojlantirish markazi ochildi!

✅2025-yil 14-iyuldagi Vazirlar Mahkamasining 439-son qaroriga muvofiq, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufida zamonaviy Ilk rivojlantirish markazi barpo etildi.

▪️Markazning asosiy maqsadi – maktabgacha yoshdagi bolalarni kompleks rivojlantirish, erta ta’lim sifatini oshirish, yosh avlod uchun qulay sharoitlar yaratish, ota-onalar ehtiyojlarini qondirish va oilalarni pedagogik qo‘llab-quvvatlashdir.

➖Ma’lumot uchun: Yaqin kunlarda Do‘stlik, Zomin tumanlari va Jizzax shahrida ham yangi “Ilk rivojlantirish markazlari” ish boshlashi rejalashtirilgan.