Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofot sovrindorlariga Prezident sovgʻasi topshirildi

Shu yilning 14-yanvar kuni Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Abu-Dabi shahrida oʻtkazilgan Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning “Global oʻrta maktablar” nominatsiyasida gʻolib deb topilgandi.

Bugun ushbu nominatsiya gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Sovrindorlarga Prezident sovgʻasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri hamda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva topshirdi.

«Abu-Dabi shahrida “Global oʻrta maktablar” nominatsiyasi boʻyicha Shayx Zoid mukofoti sovrindori boʻlgan Prezident maktabi ikki nafar oʻquvchisining ota-onasi va ustoziga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan mukofotni topshirishdan xursand boʻldim.

Bu gʻalaba barcha yoshlarimiz uchun umid va ilhom ramzidir. Biz Siz bilan faxrlanamiz!», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.