
SURXONDARYODAGI BARCHA DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA O’YIN MAYDONCHALARI TASHKIL ETILDI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-fevral kuni qabul qilingan “2025-2026 yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 83-sonli qaroriga muvofiq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan respublika miqyosida barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻyin maydonchalari bosqichma-bosqich tashkil etilyapti.
Jumladan, Surxondaryo viloyati ushbu tashabbusni amalga oshirishda yetakchilik qilmoqda. Vohamizda mavjud 466 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining barchasida to‘liq o’yin maydonchalari barpo etilib, zarur jihozlar bilan ta’minlandi.
Ushbu maydonchalar bolajonlarga zavq ulashib, mashg’ulotlarni yanada qiziqarliroq olib borishda xizmat qilyapti.