✈️ Ta'lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati va “Bekobod tajribasi” — Vazir Toshkent viloyatida bo‘ldi

✈️ Ta'lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati va “Bekobod tajribasi” — Vazir Toshkent viloyatida bo‘ldi

✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova Toshkent viloyatida bo‘lib, qator ta'lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi. 

📍 Dastlab vazir E’zoza Karimova Bekobod tuman hokimi Zaynilobiddin Nizomiddinov bilan uchrashib, tumanda ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi

Muloqotda “Bekobod tajribasi” asosida tumandagi barcha maktablarda yangi baholash tizimini joriy etish haqida so‘z yuritildi. 

🌐 Shuningdek, endilikda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti va Chirchiq davlat pedagogika universiteti professor o‘qituvchilari tomonidan tuman maktablarida mahorat darslari tashkil etib boriladi. 

📊 Shundan so'ng, vazir tumandagi 7-maktabda pedagoglar bilan uchrashib, o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda amalga oshirilayotgan loyihalarni ko'zdan kechirdi. 

➖ Shuningdek, vazir E’zoza Karimova 32-maktabdagi qurilish jarayonlarini jadallashtirish hamda jihozlash ishlari to‘g‘risida mas’ullarga topshiriq berdi. 

Vazir shu kuni Bekobodning olis, tog’oldi hududida joylashgan, yangi qurilayotgan 34-DMTTning qurilish ishlari bilan tanishdi. 

📍 Mas’ullar bilan uchrashuvda vazir Bekobodda DXSH asosida barpo etilayotgan nodavlat ta’lim klasteri tashkil etish loyihasi haqida so‘z yuritib, ushbu klaster maqsad va vazifalari muhokama qilindi.