
"TA’LIM SOHASIDA XALQARO TAJRIBALARNI TO‘PLASH VA TRANSFORMATSIYALASH STRATEGIYALARI" MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida 2025-yil 20-fevralda "Ta’lim sohasida xalqaro tajribalarni to‘plash va transformatsiyalash strategiyalari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda O‘zbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Pokiston, Xitoy, Tojikistondan 100 dan ortiq olimlar, oliy o‘quv yurtlari, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari, doktorant va tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Konferensiyani Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik Xolboy Ibraimov kirish so‘zi bilan ochdi.
Ma’ruzachilar chet el ta’lim sohasida mehnatsevarlik va mas’uliyatni o‘rgatish, ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar tarbiyasiga ta’siri va xalqaro tajribalarni O‘zbekiston ta’lim jarayoniga transformatsiyalash strategiyalari, talabalarni ingliz tiliga o‘qitish bo‘yicha xalqaro tajriba masalalarga e’tibor qaratib, foydali taklif va mulohazalar bildirildi.