
Ta’limni yanada rivojlantirisihga doir xalqaro loyihalar muhokama qilindi
Bugun poytaxtimizda joylashgan “Hilton” mehmonxonasida “Taʼlimda transformatsiya: yorqin kelajak uchun global hamkorlik” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) Bosh kotibining taʼlim siyosati boʻyicha maxsus maslahatchisi Andreas Shlaxer (onlayn), xalqaro tashkilot (UNICEF, UNESCO, UNDP, ICESCO, Jahon banki)lar va Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi.