“Tabiat bolalar nigohida” tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi

Denov tumanida tashkil etilgan ushbu tanlov bolajonlar uchun unutilmas lahzalarga, quvonchli his-tuyg‘ular va ijodiy zavqga boy tarzda o‘tdi.

🎨Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari tabiat haqidagi tasavvurlarini rasmlar, shakllar, yorqin ranglar orqali ifoda etishdi. Rang-barang gullar, qushlar, daraxtlar — barchasi bolalarning mehr, muhabbat va e’tibor bilan bajargan ijod mahsuli bo‘ldi.

😊Bolajonlar yuzidagi tabassum, ilhom va ishtiyoq — tanlovga tashrif buyurgan barcha mehmonlarga ijobiy kayfiyat ulashdi.

🏆Tanlov yakunida g‘oliblar Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.