Tajriba-sinov: Institut jamoasi Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 97-sonli tayanch "Tarbiya maktabida"

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti "Milliy tarbiya, mutafakkirlar va jadidlarning pedagogik ta'limotlari" ilmiy tadqiqot bo‘limi katta ilmiy xodimlari Nasiba Masharipova va Nazirjon Rustamovlar Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 97-sonli tayanch "Tarbiya maktabida" o‘quvchilarning milliy tarbiyalanganlik darajasi, urf-odat va hududiy an'analardan xabardorligini aniqlash maqsadida tajriba-sinov ishlarini o‘tkazmoqda.