
Tajriba-sinov: Institut jamoasi Toshkent shahri Andijon shahridagi 13-sonli tayanch tarbiya makabida
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti "Milliy tarbiyaning raqamli pedagogik ta’minoti" ilmiy-tadqiqot bo‘limi mudiri A.Maxmudov va katta ilmiy xodim A.Saydaliyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2024 PQ-232-sonli qarorining 7-band "a" punkt "Milliy tarbiyaning hududiy an’analarini o‘rganish, tiklash va zamonaviy ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimiga joriy qilishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish", ushbu qarorning "g" punktda belgilangan "2025-yil yakuniga qadar "milliytarbiya.uz" elektron platformasi uchun ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni yaratish va ommalashtirish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazish" hamda qarorning ikkinchi ilovasi bo‘lgan "Yo‘l xaritasi"ning" 12- va 13-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon shahridagi 13-sonli tayanch tarbiya maktabida tajriba-sinov ishlarini o‘tkazishmoqda.