
Tanlovlaringizga jiddiy yondashasizmi?
Hayotda doimo tanlov qilishimiz kerak va har bir tanlov natijasi o‘zimiz, hatto butun jamiyat uchun ham hal qiluvchi bo‘lishi mumkin. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan yaratilgan “Tanlov” animasion fil'mini ko‘rib bu haqda yana bir bor o‘yladim. Fil'mda tanlovlar insonlar hayotida qanday rol o‘ynashi ko‘rsatilgan.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan ko‘plab kreativ loyihalar va mediakontentlar taqdim etilyapti, bu o‘zgarishlar qoniqarli. Zamonaviy yoshlar jamiyatdagi munosabatlarga, tarbiyaga interaktiv va innovasion formatlardagi ma'lumotlarni ko‘proq ijobiy qabul qilishadi. Buning uchun tashkilotlar ham zamonaviy vositalar va ko‘proq ijodiy yondashuvlardan foydalanishi kerak deb hisoblayman.