Toshkent maktablarida Ijtimoiy-emotsional taʼlim (SEL) metodikalarining dastlabki tajriba-sinovlari boshlandi

"Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutini tashkil etish toʻgʻrisida" gi PQ-232-sonli Prezident qarorining 5-bandi "Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Ijtimoiy-emotsional taʼlim (Social and emotional learning - SEL) metodikalarini bosqichma-bosqich joriy qilish"ning ijrosini taʼminlash maqsadida "Inklyuziv taʼlim-tarbiya metodikasi" ilmiy-tadqiqot boʻlimi katta ilmiy xodimlari A.O.Gulyamova, Sh.Namazov, "Ota-onalar universiteti va tarbiyaviy jarayonlarning metodik taʼminoti" ilmiy boʻlimi katta ilmiy xodimi M.A.Tayirova, "Xalqaro pedagogik tajribalar" ilmiy-tadqiqot boʻlimi katta ilmiy xodimlari B.M.Xakimova, S.X.Sanakulovalar tomonidan 2025-yil 11-mart kuni Toshkent shahr Sergeli tumani 68 va 268-maktablarida tajriba-sinovning dastlabki bosqichi oʻtkazildi.