Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida joylashgan "Renessans" bolalar oromgohida O'qituvchilar olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

✅ Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida joylashgan "Renessans" bolalar oromgohida O'qituvchilar olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova qatnashib, qizg‘in o‘tgan jarayonlarda o‘z salohiyatini namoyon qilgan barcha ustozlarni tabrikladi va o‘zining ezgu tilaklarini bildirdi. 

📊 Ma'lumot o‘rnida: 2 kun davom etgan sinovlarda jami 210 nafar o'qituvchilar matematika, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan o‘zaro bellashishdi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

Biologiya:

🥇1-oʻrin: Mirjalol Axmedov - Buxoro shahar, 35-sonli maktab.

🥈2-oʻrin: Ilhombek Turgʻinboyev - Fargʻona shahar, 1-son Ixtisoslashtirilgan maktabi.

🥉3-oʻrin: Ikromova Mohinabonu - Buxoro shahar, 35-sonli maktab.

Matematika:

🥇1-oʻrin: Abdushukur Axadov - Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Ixtisoslashtirilgan maktabi

🥈2-oʻrin: Elbek Toshpulatov - Toshkent viloyati, Angren shahar, Ixtisoslashtirilgan maktabi

🥉3-oʻrin: Abbos Muhammedov - Buxoro shahridagi Prezident maktabi

Informatika va axborot texnologiyalari:

🥇1-oʻrin: Saidjalol Hasanov - Namangan shahar, Prezident maktabi

🥈2-oʻrin: Davron Avlakulov - Toshkent shahar, Yashnobod tumani, al-Xorazmiy maktabi.

🥉3-oʻrin: Mansurjon Kamolov - Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, 9-sonli maktab.