“Turon maktab teatri” tanlovining respublika bosqichi g'oliblari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahriga ta’lim sayohatiga jo’nab ketdi.

✅ “Turon maktab teatri” tanlovining respublika bosqichida g’oliblikni qo‘lga kiritgan Toshkent shahri, Shayxontohur tumani 169-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Yangi O‘zbekiston jadidlari“ jamoasi va “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining respublika bosqichida g’oliblikni qo‘lga kiritgan Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani 66-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Yosh havaskorlar“ jamoasi xorijiy davlatga ta’lim sayohati yo’llanmasiga ega bo‘lgan edi.

📍 Mazkur jamoa a’zolaridan iborat delegatsiya bugun Ozarbayjon Respublikasining Boku shahriga ta’lim sayohatiga jo’nab ketdi. 

🔔 (https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/) Ta’lim sayohati doirasida jamoa a’zolari tomonidan Sharof Boshbekovning “Eski shahar gavroshlari” spektaklini hamda o’zbek milliy kuylaridan iborat  konsert namoyishi bo‘lib o‘tadi.

👉 Maxsus dastur asosida ta’lim sayohati ishtirokchilari Boku shahridagi bolalar teatrlari va kutubxonalari bilan yaqindan tanishishlari kutilmoqda.