“TURON MAKTAB TEATRI”: YANGI MAVSUMGA START BERILDI

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ayni damda umumta'lim maktablari o'rtasida “Turon maktab teatri” tanlovining birinchi — tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilmoqda.
Bu yil ikkinchi marotoba tashkil etilayotgan tanlovning yangi mavsumida 6-11-sinf o‘quvchilari ikki shart asosida bellashishadi.

Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar xorijga taʼlim sayohatiga yuborilishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot o‘rnida: jarayonlar 28-fevral kuniga qadar davom etadi.