UCHINCHI USTOZLAR MILLIY FORUMI

Yurtimizda ta’lim sifatini oshirish va tizimda innovasion yondashuvlarni joriy qilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Pedagoglarning kasbiy rivojlanishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish mana shunday tizimli ishlardan biridir.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tizimda ishlayotgan o‘qituvchilarni muntazam tarzda yangiliklardan xabardor qilish, ilg‘or metodikalar bilan tanishtirish va tajriba almashish maqsadida o‘quv treninglari tashkil etib kelinmoqda. Har yili yangi o‘quv yili oldidan avgust oyida o‘tkaziladigan Ustozlar milliy forumi ham shunday tadbirlardan biridir.

Ushbu forumda trener sifatida Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti boʻlim mudiri L.Qaraxonova  ishtirok etdi  va "Maktabgacha taʻlim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda tarbiyachi-pedagoglarning oʻrni” mavzusida seminar o‘tkazdi. Joriy yilgi forum ham yuqori saviya tashkil etilganini e’tirof etdi hamda mazkur forum sohadagi yangiliklarni ustozlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etayotganini maʼlum qildi.