
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JAMOATCHILIK ISHTIROKI.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 24-dekabr kuni joriy yilda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar bo‘yicha 36-son yig‘ilishi bayonining 10-bandida umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonida “Bir bolaga yeti mahalla ota-ona” shiori ostida jamoatchilikning keng ishtirokini ta’minlash faoliyatini tashkil etilishi belgilangan.
Shu bois, 2025 yil 27 yanvar kuni Olmazor tumanidagi 133-sonli va 191-sonli maktablarda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarining ota-onalari ishtirokida jamoatchilik kengashi a’zolarini belgilangan tartibda yig‘ilishlari o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilishda jamoatchilik kengashi faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar olinib, ta’lim jarayonining shaffofligini ta’minlash, jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash kerakligi ta’kidlab o‘tildi.