
UNICEF va Cambridge University Press & Assessment tashkilotlari bilan hamkorlikda seminar-trening tashkil etildi
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNICEF va Cambridge University Press & Assessment tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha mahalliy mutaxassislar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Bugun mazkur tadbirning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda vazirning birinchi o'rinbosari Sherzod Karimov ishtirok etib, seminar ishida omad tiladi.
📊 Ma'lumot oʻrnida: mashgʻulotlar Kembrij tashkilotining 8 nafar xalqaro ekspertlari tomonidan olib boriladi.
Unda 125 nafar mahalliy mutaxassislarning o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish yuzasidan salohiyati oshiriladi.
➖ Seminar-trening davomida:
➖o‘quv dasturini loyihalash modellari,
➖ o‘quv dasturining bosh maqsadlari, mazmun qamrovi, o‘quv dasturini muvozanatlash, o‘zaro kesishuvchi xususiyatlar,
➖o‘quv dasturini o‘quvchiga yo‘naltirish yo‘llari, tenglik - xilma xillik – inklyuzivlik - mansublik xususiyatlari kabi mavzular muhokama etiladi.
⌛️ O‘quvlar 30-avgustga qadar davom etadi.