Ustozlar uchun ilmiy konferensiyalardan bog‘chalar o‘rtasida tanlovlargacha — JIZZAXda ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

✅ Kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Jizzax viloyatida bo’lib, viloyatdagi ta’lim muassasalari rahbarlari va ustozlar bilan ochiq muloqot o’tkazdi. 

Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev ham ishtirok etdi. 

➖ Muloqotda vazir Hilola Umarova yurtboshimizning ta'limga qaratayotgan e’tiborlari xususida alohida to’xtalib, sohaning rivoji uchun barchaning birdek mas'uliyatli ekanligini alohida ta'kidladi. 

❗️Shuningdek, Davlatimiz rahbarining 51-sonli Farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan fikr almashildi hamda mazkur Farmon mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim vazifalar belgilab olindi. 

Bundan tashqari ishtirokchilar tomonidan:

➖o‘qituvchilar uchun ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish,
➖maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlarining ishlarini ommalashtirish.uz platformasiga joylab borish,
➖bog‘chalar o‘rtasida tanlovlar o‘tkazish,
➖hududlarda STEM markazlarini  tashkil etish,
➖malaka oshirishda mobil guruhlardan foydalanishni kengaytirish kabi takliflar ilgari surildi.