
“VATAN TAYANCHI” HARAKATI KASB-HUNAR MAKTABI, TEXNIKUM VA XUSUSIY TAʼLIM TASHKILOTLARIDA HAM YOʼLGA QOʼYILADI
Yoshlarimizda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish boʼyicha 10-11-sinf oʼquvchilari oʼrtasida boshlangan “Vatan tayanchi” harakati kasb-hunar maktabi, texnikum va xususiy taʼlim tashkilotlarida ham yoʼlga qoʼyilishi belgilandi.
“Vatan tayanchi” otryadlari oʼrtasida “maktab – tuman – viloyat – respublika” darajasida sport musobaqalari va ijodiy tanlovlar tashkil etiladi.
Shu kabi har bir mahallada yoshlar oʼrtasida “mahalla – sektor – tuman – viloyat – respublika” darajasida “Shijoat va gʼayrat” sport oʼyinlari oʼtkaziladi. Gʼolib mahallalarga sport inshooti qurib beriladi, zarur anjomlar bilan taʼminlanadi.
“Vatan tayanchi” hamda “Shijoat va gʼayrat” musobaqalari gʼoliblariga harbiy oliygohlarga kirishi uchun tavsiya beriladi.