
Vazir “Abdulla Avloniy” davlat stipendiyasining ilk sohibi bilan uchrashdi
Vazir “Abdulla Avloniy” davlat stipendiyasining ilk sohibi bilan uchrashdi
◀️Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Namangan davlat pedagogika institutida bo‘lib, talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
➡️Suhbat davomida so‘nggi yillarda mamlakatimiz taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar hamda barkamol avlodni tarbiyalashda maktab, oliy taʼlim dargohlari va pedagoglarning o‘rni alohida ekani qayd etildi.
🔗Shuningdek, vazir “Abdulla Avloniy” davlat stipendiyasining ilk sohibasi — oliy taʼlim maskanining 2-kurs talabasi Begoyim Varisovani samimiy tabriklab, bo‘lg‘usi pedagogning kelgusidagi o‘quv va pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.