VAZIR_VA_RAHBAR_AYOLLAR_UCHRASHUVI

Vazir Hilola Umarova: "Rahbar ayollar maktabi" tinglovchilarining 44 nafari ta’lim xodimi ekanligidan faxrlanamiz"

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokida "Rahbar ayollar maktabi" o‘quv dasturi doirasida tahsil olayotgan xotin-qizlar uchun o‘quv soati tashkil etildi.

Unda mazkur dasturda qatnashayotgan 100 nafar ishtirokchi ayollar qamrab olindi. Ulardan 44 nafari ta’lim muassasalari rahbarlaridir.

Vazir Hilola Umarova o‘z so‘zida yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki va Davlatimiz rahbari tomonidan bu borada ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va rag‘bat haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

📍 Ma'lumot o‘rnida: "Rahbar ayollar maktabi" o‘quv kursida tinglovchilar davlat boshqaruvini tashkil etishning muhim jihatlari xususida malakali ekspertlardan tahsil olishadi.

Dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlar xorijning nufuzli universitetlari, ilmiy markazlari va kompaniyalarida malaka oshirishi belgilangan.

Vazirlik tizimida faoliyat olib borayotgan qariyb bir million xodimning 72 foizi, tizim rahbarlarining deyarli 50 foizi xotin-qizlardan iborat.

https://t.me/uzedu/32816