XALQARO HAMKORLIK: MOSKVA DAVLAT UNIVERSITETI – 270 YOSHDA

Ushbu tantanalarda mamlakatimiz olimlari ham ishtirok etmoqda

 Yangi O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan barcha yo‘nalishlar, xususan, ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik va aloqalari ham yil sayin rivojlanib va kengayib bormoqda. Xorijiy ta’lim muassasalari bilan memorandumlar imzolanmoqda, mamlakatimiz olimlari va tadqiqotchilari xorijiy davlatlar oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlariga borib, nafaqat tajriba o‘rganyapti, balki o‘z ma’ruzalari bilan ham faol qatnashib, o‘zaro tajriba almashish imkoniga ega bo‘lishyapti. Bu borada Rossiya Federatsiyasi ta’lim muassasalari bilan ham yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Shu kunlarda qadimiy oliy ta’lim muassasalaridan biri, nafaqat Rossiya, balki dunyo miqyosida ham mashhur bo‘lgan M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MDU) tashkil etilganining 270 yilligi keng nishonlanmoqda. MDU  o‘zining qariyb uch asrlik faoliyati davomida nafaqat Rossiya Federatsiyasi, balki ko‘plab mamlakat va xalqlar uchun ham dunyoga mashhur bo‘lgan kashfiyotchi olimlar, taniqli soha mutaxassislari, davlat va jamoat arboblarining shakllanishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Mashhur oliy ta’lim muassasasining ana shu xizmatlari inobatga olinib, Rossiya Federatsiyasining “Fidokorona mehnati uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Bu yuksak mukofotni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin topshirdi.

Ushbu tantanalarda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik Xolboy Ibraimov ham ishtirok etmoqda.

Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Matbuot xizmati