Xalqaro hamkorlik: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlari Turkiyada malaka oshirishmoqda

🏛 Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlaridan iborat delegatsiya Turkiyaning Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi  (IRCICA) da bo‘lib turib turibdi. Bugun mazkur ilmiy markaz olimlari ishtirokida institut ilmiy kotibi O.T.Abduganiyev, katta ilmiy xodim M.S.Alimov va bo‘lim mudiri L.M.Qoraxonovalar tomonidan malaka oshirish dasturiga muvofiq “O‘zbek va turk madaniyatida milliy tarbiyaning mushtarakligi va o‘ziga xosligi” mavzusida ma’ruzalar tashkil etildi.