Xalqaro hamkorlik: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlari Turkiyaning Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazida

🏛Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlaridan iborat delegatsiya Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-232-sonli qarori ijrosi yuzasidan joriy yilning 27-aprel – 4-may kunlari  ta’lim muassasalarida tarbiya jarayonlarini tashkil etish, ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va mutaxassislarning milliy ta’lim sohasidagi ilg‘or pedagogik  tajribalarini o‘rganish maqsadida Turkiya Respublikasiga qisqa muddatli malaka oshirish yuzasidan xizmat safarida bo‘lib turibdi. 

🔸Taʼkidlash joizki, ushbu xizmat  safari 2025-yil 28-yanvardagi Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti hamda Turkiyaning Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi  (IRCICA) oʻrtasida imzolangan  memorandumning amaliy ijrosi doirasida hamda mazkur tashkilot  rahbarining 2025-yil 21-apreldagi  taklif xatiga binoan tashkil etildi.