Xalqaro hamkorlik: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlari Turkiyaning ta’lim tashkilotlaridagi mavjud ta’lim-tarbiya tizimini o‘rganishda

🏛 Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti olimlaridan iborat delegatsiya bugun kunning ikkinchi yarmida Turkiyaning ta’lim tashkilotlaridagi mavjud ta’lim-tarbiya tizimini o‘rganish maqsadida Kartal Anadolu o‘rta maktabiga tashrif buyurdilar. 

🔸Ushbu ta’lim tashkiloti insoniyatga foydali, namunali va Turk milliy ta'lim maqsadlarini o‘zlashtirgan liderlarni yetishtirish, davlat uchun akademik, ijtimoiy va madaniy jihatlarda yetakchi shaxs sifatida qiz va o‘g‘il bolalarni tarbiyalashni maqsad qilgan. 

🔹Delegatsiya Kartal Anadolu o‘rta maktabi jamoasi bilan maktabdagi darsdan tashqari mashg‘ulotlar kim tomonidan tashkil etilishi, mahalla maktab faoliyatida qanday ishtirok etishi, Turkiya oilalari va maktablarida o‘quvchilarga hududiy an’analarni o‘rgatilishi, o‘g‘il va qiz bolalarni hayotga tayyorlash haqida o‘zaro fikr almashdilar.