
Xalqaro hamkorlik: Rossiya Federatsiyasi Pedagogni kasbiy rivojlantirish xalqaro instituti va Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti
Mart oyida Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tomonidan Rossiya Federatsiyasi Pedagogni kasbiy rivojlantirish xalqaro instituti bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda institut xodimlari, professor-oʻqituvchilari, tayanch doktorantlari ishtirok etishdi.
Unda O'zbekiston Respublikasida taʼlim-tarbiya sohasidagi islohotlar, tajribalar, yangiliklar, shuningdek, Rossiya Federatsiyasida tarbiyaga oid tadqiqotlar, tajribalar, soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan ilmiy ishlar borasida fikr almashildi.
Institut direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik X.Ibraimov hamkorlikni uzoq va samarali davom ettirish va yaqin kelajakda xalqaro konferensiya tashkil etish taklifini ilgari surdi.
Uchrashuv soʻngida oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash borasida kelishuvga erishildi.