“Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasi gʻoliblari aniqlandi

 Joriy yilning may oyida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari hamda boshqa tegishli vazirlik va tashkilotlar hamkorligida “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik musobaqasi tashkil etildi.

 Kuni kecha poytaxtimizda mazkur musobaqa gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev ishtirok etdi.

➖  Oʻquvchi yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tuygʻularida tarbiyalash hamda ularning harbiy sohaga boʻlgan qiziqish va intilishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan bellashuv yakuniga koʻra:

➖ Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi 2-umumtaʼlim maktabining "Temurbeklar" jamoasi 1-oʻrin;

➖ Jizzax viloyati, Mirzachoʻl tumanidagi 8-umumtaʼlim maktabining "Vatanparvar" jamoasi 2-oʻrin;

➖ Sirdaryo viloyati, Shirin shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining "Burgutlar" jamoasi 3-oʻrinni egalladi.

 Musobaqa gʻoliblari hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan maxsus Diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.