
YOSHLAR PARLAMENTI A’ZOLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida Oliy Majlis Senati huzuridagi “Yoshlar parlamenti” a’zolari bilan “Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga barpo etamiz!” davra suhbati o'tkazildi.
📍 Uchrashuvda faol yoshlar tomonidan taqdimotlar tashkil etildi, unda qabul qilinayotgan hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoshlarga yetkazish, vazirlik bilan hamkorlikni kuchaytirish, yoshlarga yo‘naltirilgan amaliy loyihalarni ta’limda kengaytirish kabi masalalarda so'z bordi.
➖ Shuningdek, ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, bog‘cha va maktablar uchun milliy kontentlarni yaratish, innovatsion g‘oyalar asosida kreativ yondoshgan holda hamkorlikda yangi loyiha amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir so‘ngida, yoshlar bilan ishlash, yosh xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish, yoshlarga oid qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik monitoringini olib borish, shuningdek, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli strategiyalarni belgilab olish, ularni amalga oshirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni ishlab chiqish kelishib olindi.